Yannick Gerhardt
Yannick Gerhardt (talaffuzi: Yannik Gerxardt) — nemis futbolchisi, „Wolfsburg“ klubining chap qanot himoyachisi.
Yannick Gerhardt | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Yannick Gerhardt |
Tugʻilgan | 13-mart 1994-yil (28 yosh)
Köln, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 178 cm |
Vazni | 69 kg |
Pozitsiyasi | chap himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | Wolfsburg |
Raqami | 31 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yannick Gerhardt „Köln“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013- yilning 20-iyulida Drezdenning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan[1]. 1-sentabr kuni „Erzgebirge“ klubiga qarshi duelda Yannick Gerhardt „Köln“ uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi[2][3]. Mavsum oxirida Yannick Gerhardt jamoaga elitaga chiqishga yordam berdi. 2014-yil 13-sentabrda u Bundesligadagi debyutini „Paderborn 07“ klubiga qarshi o‘tkazdi[4][5]. 2015-yil 10-may kuni „Schalke 04“ klubiga qarshi kechgan duelda Yannick Gerhardt o‘zining yuqori darajadagi birinchi golini urdi[6].
2016-yil 27-may kuni xuddi shu nomdagi shaharning „Wolfsburg“ futbol klubi yarim himoyachini oʻz qarorgohiga oʻtkazishini eʼlon qildi. Shartnoma 2021-yil 30-iyungacha amal qiladi[7]. 27-avgust kuni „Augsburg“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[8]. 18-noyabr kuni „Freiburg“ klubiga qarshi bahsda Yannick Gerhardt „Wolfsburg“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[9].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Yannick Gerhardt 2017-yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibiga aylandi[10][11][12]. Turnirda u Chexiya, Daniya, Italiya, Angliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14].
2016-yilning 15-noyabr kuni Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Yannick Gerhardt Germaniya terma jamoasi safida debyut qildi[15]. Yannick Gerhardtning singlisi Anna „Turbine Potsdam“ jamoasida o'ynaydi va yoshlar darajasida xalqaro miqyosda qatnashadi.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubog | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
FC Köln | 2013-2014 | 29 | 3 | 2 | 0 | — | — | 31 | 3 | ||
2014-2015 | 16 | 1 | 1 | 0 | — | — | 17 | 1 | |||
2015-2016 | 29 | 2 | 1 | 0 | — | — | 30 | 2 | |||
Jami | 74 | 6 | 4 | 0 | — | — | 78 | 6 | |||
VfL Wolfsburg | 2016-2017 | 27 | 0 | 3 | 0 | — | 2 | 0 | 32 | 0 | |
2017-2018 | 17 | 1 | 4 | 0 | — | — | 21 | 1 | |||
2018-2019 | 30 | 2 | 3 | 0 | — | — | 33 | 2 | |||
2019-2020 | 18 | 2 | 2 | 1 | 5 | 1 | — | 25 | 4 | ||
2020-2021 | 29 | 2 | 4 | 2 | 2 | 0 | — | 35 | 4 | ||
2021-2022 | 27 | 1 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 33 | 1 | ||
Jami | 148 | 8 | 17 | 3 | 12 | 1 | 2 | 0 | 179 | 12 | |
Umumiy karyerasi | 222 | 14 | 21 | 3 | 12 | 1 | 2 | 0 | 257 | 18 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro yutuqlari
Germaniya (21U)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Динамо Дрезден VS. Кёльн 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 20-iyul). 2013-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-aprel.
- ↑ „Кёльн VS. Эрцгебирге 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 1-sentyabr). 2013-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-aprel.
- ↑ Yannick Gerhardt // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ „Падерборн 07 VS. Кёльн 0:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 13-sentyabr). 2016-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-aprel.
- ↑ Yannick Gerhardt // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
- ↑ „Кёльн VS. Шальке 04 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 10-may). 2017-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-aprel.
- ↑ „"Вольфсбург" приобрёл полузащитника Герхардта“ (de). www.vfl-wolfsburg.de (2016-yil 27-may). 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-may.
- ↑ „Аугсбург VS. Вольфсбург 0:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 27-avgust). 2018-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Вольфсбург VS. Фрайбург 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-noyabr). 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
- ↑ „Германия (до 21) VS. Дания (до 21) 3:0“ (en). soccerway.com (2017—06—21). 2017-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
- ↑ „Германия (до 21) VS. Чехия (до 21) 2:0“ (en). soccerway.com (2017—06—18). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
- ↑ „Германия (до 21) VS. Испания (до 21) 1:0“ (en). soccerway.com (2017—06—30). 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
- ↑ „Англия (до 21) VS. Германия (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2017—06—27). 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
- ↑ „Италия (до 21) VS. Германия (до 21) 1:0“ (en). soccerway.com (2017—06—24). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
- ↑ „Италия VS. Германия 0:0“ (en). soccerway.com (2016—11—15). 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.